“Askar – mahalla faxri”. Samarqanddagi 526-SCHR batalʼoni targʻibot guruhi chegara oldi qishlogʻida tadbir oʻtkazdi (foto)

Samarqand garnizonidagi 526-Safarbarlik chaqiruv rezervi batalyonida yigitlik burchini oʻtayotgan oddiy askar voyaga yetgan qishlogʻiga tashrif buyurdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Kapitan Elyor Atabayev boshchiligidagi targʻibot guruhi chegara oldi hududida joylashgan Tayloq tumanidagi Oʻrayelipok qishlogʻida mehmon boʻlishdi. Oddiy askar Xusun Toirov mahallasi hamda oʻzi oʻqigan maktab rahbariyati bilan hamsuhbat boʻldi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Harbiy xizmatda namunali yigitlik burchini oʻtayotgan askar 526-SCHR batalyoni komandiri podpolkovnik Sanjar Jovliyev tomonidan bir necha marotaba ragʻbatlantirilgan.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

– Bolamni harbiy libosda uyga kelishi men uchun kutilmagan sovgʻa boʻldi, – deydi askarni onasi Yulduz Berdiyeva. – Oʻgʻlim oliy taʼlim muassasada tahsil olayotgani bois, muddatli harbiy xizmatga borishga imkoni boʻlmadi. Safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmati esa uning orzularini roʻyobga chiqardi. Bugungi tashrif uchun komandirlarga minnatdorchilik bildiraman. Hamisha yurtimiz tinch boʻlsin.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring