Harbiy xizmatchilar yongʻin xavfsizlik qoidalari bilan yana bir bor tanishtirildi (foto)

Markaziy harbiy okrug qoʻmondonligi hamda Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar, Yongʻin xavfsizligi boshqarmalari va boshqa tegishli idoralar bilan hamkorlikda Samarqand garnizonida joylashgan harbiy qism va muassasalar shaxsiy tarkibi bilan yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilish, is (tabiiy) gazidan zaharlanishlarni oldini oldini olish boʻyicha yigʻilish oʻtkazildi.

Yigʻilishda soʻzga chiqqan Markaziy harbiy okrug Samarqand garnizoni yongʻin xavfsizligi nazorati boshligʻi mayor B.Begimov va Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimi serjant M.Sohibnazarovlar oʻz maʼruzalarida, yigʻilish ishtirokchilariga yongʻin xavfsizligi qoidalari, is (tabiiy) gazdan toʻgʻri foydalanish boʻyicha keng koʻlamdagi tushuntirish berib oʻtdilar.

Tadbir soʻnggida videorolik koʻrsatib oʻtildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring