Kecha, 8 oktyabr kuni Markaziy harbiy okrug boshqaruv apparatida Samarqand, Jizzax hamda Navoiy garnizonlarda moliya xizmati tizimida ish faoliyatini olib borayotgan bir guruh harbiy xizmatchilar va xodimlar bilan uch kunlik o‘quv yig‘ini yakuniga yetdi.

Tadbirda moliya xizmati xodimlari tomonidan yil davomida faollik ko‘rsatgan xodimlar e’tirof etilib, kelgusi yilga vazifalar belgilandi.
Shuningdek, joriy yil uchun byudjetdan ajratilgan mablag‘larni sarhisob qilish, har chorakdagi hisobotlarni o‘z vaqtida va sifatli topshirilishi hamda moliya xizmati tizimidagi o‘zgarish va yangilanishlar haqida tushuntirish ishlari olib borildi.


– Moliya xizmati tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan yosh harbiy xizmatchi va xodimlar uchun o‘quv yig‘inni ahamiyati katta, – deydi okrug moliya xizmati boshlig‘i podpolkovnik Namozali Turdiyev. – Yosh xodimlar tajribali ofitserlarga biriktirildi. Shu bilan birga ba’zi harbiy xizmatchilarning xizmat faoliyati tanqidiy ko‘rib chiqildi. O‘z vaqtida harbiy xizmatchilarni pul ta’minoti bilan ta’minlanishi moliya xizmati xodimining bilim va tajribasiga, uddaburon hamda o‘z kasbiga fidoyiligiga bog‘liq.

O‘quv yig‘in davomida tizimdagi yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar tushuntirilib, kelgusidagi vazifalar belgilandi.
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati