Markaziy harbiy okrugdagi “Temurbeklar maktabi” Qurolli Kuchlar Kichik mutaxasislarni tayyorlash markaziga biriktiriladi

Samarqand “Temurbeklar maktabi” Qurolli Kuchlar Kichik mutaxasislarni tayyorlash markaziga biriktiriladi. Shuningdek, Markaziy harbiy okrug qo’mondonligi tomonidan Qurolli Kuchlar Kichik mutaxassislarni tayyorlash markazi va harbiy qismlarda Samarqand harbiy-litsey o’quvchilari uchun taktik, o’q otish va maxsus tayyorgarlik bo’yicha amaliy mashg’ulotlar tashkil etiladi.

Harbiy-akademik litseylardagi o’quvchi yoshlarni oliy harbiy ta’lim muassasalariga o’qishga kirishi uchun maqsadli va tizimli tayyorlash yo’lga qo’yiladi. Shu bilan birga harbiy xizmatchi uchun zarur bo’lgan boshlang’ich kasbiy bilim va ko’nikmalarni shakllantirish hamda “Temurbeklar maktabi” o’quv tarbiyaviy jarayoni sifatini oshirish, zamonaviy shart-sharoit yaratish bo’yicha har tomonlama amaliy yordam ko’rsatiladi.

Shu maqsadda,  Markaziy harbiy okrugdagi Samarqand “Temurbeklar maktabi” Qurolli Kuchlar Kichik mutaxasislarni tayyorlash markaziga, Farg’ona va Urganchdagi harbiy litsey esa Qurolli Kuchlar akademiyasi va Chirchiq oliy tank qo’mondonlik muhandislik bilim yurtiga biriktiriladi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

 

 

Izoh qoldiring