Markaziy harbiy okrug harbiy xizmatchilari tomonidan chekka qishloqlardagi maktablarda vatanparvarlik ruhidagi tadbirlar tashkil etilmoqda(foto)

Markaziy harbiy okrug «Kattaqo’rg’on» poligonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari tomonidan chekka qishloqlardagi o’ndan ziyod maktablarda “Vatanga Qasamyod” matni mazmun-mohiyati bo’yicha keng qamrovli tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

– Chekka hududlardagi yoshlarni harbiy xizmatga qiziqishi juda baland, – deydi harbiy qism komandirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo’yicha o’rinbosari mayor Akbar Rasulov. – Yoshlar “Kattaqo’rg’on” poligoni yaqinidagi qishloqlarda yashasalarda, ular bilan vatanparvarlik ruhidagi tadbirlar kamroq o’tkazilgan, nazarimda. O’tgan safar o’quvchilar uchun harbiy qismda “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi. Endi esa harbiy xizmatchilar bilan qishloqlardagi maktablarda davra suhbatlari o’tkazmoqdamiz. Kelgusida maktab o’quvchilari o’rtasida sport musobaqasini o’tkazishni rejalashtiryapman. Bu tadbirlar ijobiy samarasini berishiga ishonaman.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Shuningdek, maktab o’quvchilari va mahalla faollari bilan vatanparvarlik ruhidagi tadbirlar tashkil etilmoqda.

Izoh qoldiring