Markaziy harbiy okrug qo’mondoni Jizzax garnizonida sayyor qabul o’tkazdi

Markaziy harbiy okrug qo‘mondoni tashabbusi bilan harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida Jizzax garnizonida sayyor qabul o’tkazildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Sayyor qabul davomida garnizon hududida joylashgan harbiy qism harbiy xizmatchilari va ularning oila a’zolari, nafaqadagi harbiylarning murojaatlari ko’rib chiqildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Jizzax shahridagi Yoshlar innovatsion markazi binosida o’tkazilgan qabulda uy-joy, tibbiy xizmat ko‘rsatish, xizmat joyini boshqa qismga ko‘chirish, harbiy xizmatchilarning turmush o‘rtoqlarini bandligini ta’minlash, harbiylarning farzandlarini MTMga joylashtirishdagi yuzaga kelayotgan suniy to’siqlar va bir qator muammolar atroflicha o’rganildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Sayyor qabulda 300 ga yaqin harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari ishtirok etdi. Murojaatlardan 60 ga yaqini joyida hal qilindi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring