Markaziy harbiy okrugda bank xodimlari bilan davra suhbati tashkil etildi

Markaziy harbiy okrug qo’mondonligi hamda “Sanoat qurilishbank” Samarqand minqaviy filiali bo‘lim bilan hamkorlikda davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda bank xodimlari Akrom Raxmonov va Akobir Mamadoliyev ishtirok etib, okrug boshqaruv apparati harbiy xizmatchilariga kredit olishdagi imtiyozlar va qulayliklar haqida tushunchalar berdi.

Uchrashuv davomida harbiy xizmatchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

 

Izoh qoldiring