Oʻzbekiston Qahramoni Markaziy harbiy okrugiga tashrif buyurdi (foto)

Oʻzbekiston Qahramoni Xasan ota Normurodov Markaziy harbiy okrug faoliyati bilan yaqindan tanishib, harbiy xizmatchilar bilan suhbatlashdi.

899A9749
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Dastlab, Oʻzbekiston Qahramoni Markaziy harbiy okrugda yangidan bunyod etilgan Stuatsion markazda bo’ldi. Shundan so’ng, zamon talablari asosida jihozlangan va barcha qulayliklarga ega bo’lgan operativ boshqaruv punkti, elektron va badiiy kutubxona hamda panaramali majmuaviy otish trenajyori sinfini ko’zdan kechirdi.

899A9843
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
899A9923
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

899A9956

Kunning ikkinchi yarmida, Mustaqilligimizning 28 yilligi munosabati bilan foydalanishga topshirilgan harbiy okrug Madaniyat va ma’rifat markazida O’zbekiston Qahramoni hayoti va faoliyatiga bag’ishlangan uchrashuv tashkil etildi.Davra suhbati tarzida o’tkazilgan tadbir kutilganidan ham mazmunli va qiziqarli bo’ldi. Muloqot chogʻida Samarqand “Temurbeklar maktabi” tinglovchilari, Qurolli Kuchlar Kichik mutaxassislarni tayyorlash markazi kursantlari, muddatli harbiy xizmatchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.

Markaziy harbiy okrug qo’mondoni polkovnik Aybek Saidov so’zga chiqib, Mudofaa vaziri hamda okrug qo’mondonligi nomidan samimiy tilaklar bildirib, «Nuroniy» jamg’armasining Samarqand viloyati bo’limi raisi Xasan Normurodovni Davlatimizning yuksak mukofoti «O’zbekiston Qahramoni» unvoni bilan yana bir bor qutladi.

899A9850

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

899A9860
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Tadbir davomida oddiy askarlar Shoislom Shoxosilov va Turgʻun Rajabov tomonidan Oʻzbekiston Qahramoniga o’z portreti sovgʻa qilindi.

899A0096
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Shuningdek, bir guruh nafaqadagi harbiylar hamda harbiy okrug qoʻmondoni “Mudofaa vazirligi faxriysi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi. O’z navbatida mehmonga Mudofaa vaziri nomidan maqtov xati topshirildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati 

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
899A0091
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

899A9971

Izoh qoldiring