Fotoreportaj: Markaziy harbiy okrug qoʻmondonligi tomonidan Samarqanddagi Birinchi Prezident haykali poyiga gulchambar qoʻyildi

Bugun, 2-sentyabr kuni erta tongda Markaziy harbiy okrug qoʻmondoni polkovnik Aybek Saidov boshchiligidagi harbiy xizmatchilar tomonidan Samarqand shahridagi Birinchi Prezident Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qoʻyildi.

Dastlab, Markaziy harbiy okrug harbiy xizmatchilari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari Islom Karimov qabrini ziyorat qilishdi. Uning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirilib, Qurʼon tilovat qilindi.

Shundan soʻng harbiy xizmatchilar hamda viloyat keng jamoatchilik vakillari tomonidan Birinchi Prezidentimiz haykali poyiga gullar qoʻyildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring