Markaziy harbiy okrugdagi maxsus boʻlinmalarga qabul qilingan yosh harbiy xizmatchilar bilan maxsus mashgʻulotlar tashkil etildi (foto+video)

Markaziy harbiy okrug tasarrufidagi Jizzax garnizonida joylashgan Maxsus operatsiyalari kuchlari boʻlinmalariga yaqinda qabul qilingan yosh harbiy xizmatchilar bilan maxsus mashgʻulotlar tashkil etildi.

Bir necha kun muddatda yosh harbiy xizmatchilarni bilimi, amaliy koʻnikmasi hamda jismoniy tayyorgarligi yana bir bor sinovdan oʻtkazildi.

899A5036
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
899A5103
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Guruh shaxsiy tarkibiga belgilangan hududga xavfsiz yetib borish, shartli dushmanni qidirib topish va marsh brosok oʻtkazish, ekstremal sharoitlarda yashovchanlikni oshirish hamda suv toʻsiqlaridan oʻtish kabi maxsus vazifalar yuklatildi.

Maxsus boʻlinma suv toʻsiqlarigacha boʻlgan mashqlarni belgilangan vaqtdan 20 daqiqa tezroq bajardi. Dastlab guruhning bir qismi niqoblanib, ovoz chiqarmay hamda atrofni sinchkovlik bilan kuzatib, suv toʻsiqlaridan oʻtdi. Shundan soʻng ikkinchi usul qoʻllanildi. Yaʼni suv havzasidan arqon yordamida oʻtildi.

899A5132
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
899A5188
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
899A5160
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
899A5108
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Ekstremal sharoitlarga (dasht, choʻl yoki notanish hududga) tushib qolgan yosh harbiy xizmatchilar tomonidan tez fursatda olov yoqish, hayvonlarni ovlash, suvni ichishga yaroqli holatga keltirish kabi usullar oʻylab topildi.

899A5266
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Tadbir yakunida maxsus mashqlarni bajarishda boʻlinma tarkibi tomonidan yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar hamda afzalliklar koʻrsatilib oʻtildi hamda guruh shaxsiy tarkibi maxsus vazifani bajarishda yaxshi tomonga belgilandi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Maxsus boʻlinmalariga oʻtish istagini bildirgan yosh harbiy xizmatchilar olti oylik tayyorlov kurslaridan oʻtkaziladi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring