G‘oliblari e’tirofi: Bu yilgi taqdirlanish o‘tgan yilgiga nisbatan yer bilan osmoncha farqlandi (foto+video)

Markaziy harbiy okrugda joylashgan Qurolli Kuchlar Kichik mutaxassislarni tayyorlash markazida Mustaqilligimizning 28 yillik toʻyi munosabati bilan Xalqaro va Vazirlik miqyosidagi musobaqa g‘oliblari koʻkrak nishoni, pul mukofoti, navbatdagi harbiy unvon hamda esdalik sovgʻalari bilan ragʻbatlantirildi.

899A8420
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
899A8314
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
899A8280
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Dastlab Samarqand viloyati harbiy-maʼmuriy sektor koʻmagida kapital taʼmirdan chiqarilgan Madaniyat va maʼrifat markazi hamda 1500 nafar harbiy xizmatchilarga moʻljallangan oshxonani ochilish tantanali ochilish marosimi oʻtkazildi. Shundan soʻng Markaziy harbiy okrug qoʻmondoni polkovnik Aybek Saidov va Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov barchani bayram bilan qutlab, tinchlik uchun jon fido qilgan, mamlakat janubiy sarhadlarida jangovar harakatlarda mardlarcha halok boʻlgan 28 nafar qahramonni yodga oldi. Ularning yaqinlariga 2 million soʻm pul mukofoti topshirildi.

899A8066
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
899A8137
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
899A8573
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
899A8085
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
899A8233
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
899A8330
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Shuningdek, 3-avgustdan 16-avgust kuniga qadar Xalqaro armiya oʻyinlarida gʻoliblikni qoʻlga kiritib, Markaziy harbiy okrug faxriga aylangan harbiy xizmatchilarga katta miqdordagi pul mukofoti topshirildi. Ularga oʻzbekona toʻn kiydirilib, Mudofaa vazirligi yaqin tarixida kuzatilmagan muddatsiz navbatdagi harbiy unvon berildi. Ipoteka kreditlari orqali koʻp qavatli uylardan xonadon hamda mashina sotib olish uchun imtiyoz ajratildi.

899A8432
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
899A8453
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Bu yilgi taqdirlanish 2018-yilga qaraganda yer bilan osmonchalik farq qildi. Buni Xalqaro musobaqada ikkinchi bor ishtirok etgan harbiylar ham eʼtirof etishdi.

899A8493
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
899A8582
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Tadbir davomida Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov Markaziy harbiy okrug qoʻmondoni tomonidan koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi. Mudofaa vazirligi miqyosidagi “Men gʻolib” shiori ostida oʻtkazilgan mutaxassisliklar boʻyicha musobaqa gʻoliblariga qimmatbaho va esdalik sovgʻalari topshirildi. Bir guruh ofitserlarga “Mudofaa vazirligi faxriysi” unvoni berildi.

Tadbir soʻngida bayramona konsert dasturi namoyish etildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring