Mudofaa vazirligi miqyosidagi 6 ta mutaxassislik bo’yicha musobaqada Markaziy harbiy okrug jamosi mutlaq g‘olib bo‘ldi (foto)

Markaziy harbiy okrugidagi “Forish” togʻ poligonida 6 mutaxassislik boʻyicha Mudofaa vazirligi miqyosidagi musobaqa gʻoliblari aniqlandi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati maʼlum qildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Markaziy harbiy okrugidagi “Forish” togʻ poligonida 6 mutaxassislik boʻyicha Mudofaa vazirligi miqyosidagi musobaqa gʻoliblari aniqlandi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati maʼlum qildi.

Harbiy okruglardan tashrif buyurgan jamoalar “Men gʻolib” shiori ostidagi mutaxassisliklar boʻyicha chempionatda faol ishtirok etdi. Musobaqa 6 ta mutaxassislik boʻyicha yakka va hisob tarkibida olib borildi. Takomillashtirilgan Kalashnikov plumyoti (PKM), Snayper quroli (SVD), Stanokka oʻrnatilgan avtomatik granatomyot (AGS-17) hamda Tankka qarshi (SPG-9) va (RPG) granatomyoti hisobi tomonidan ikki bosqichdagi nazariy va amaliy sinov mashqlarini bajarildi.

Nazariy bosqichda har bir ishtirokchi mutaxassislik boʻyicha test topshirdi. Amaliy bosqich tanlovning asosiy qismi boʻlib, unga koʻra, jamoa aʼzolari qurollarni notoʻliq qismlarga ajratish-yigʻish, jismoniy tayyorgarlik elementlari, qurolni toʻgʻri otish holatiga keltirish va otish mashqlari orqali kuch sinashdi.

Bellashuv Mudofaa vazirligi masʼul ofitserlari tomonidan balli tizim asosida baholanib borildi.

Yakuniy natijalarga koʻra, 6 ta yoʻnalish boʻyicha mutlaq gʻoliblik 3 ta birinchi oʻrin, 1 ta ikkinchi oʻrin hamda 2 ta uchinchi oʻrinlar bilan Markaziy harbiy okrug jamoasiga nasib etdi. 2 va 3 oʻrinlarni Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug (3 ta birinchi oʻrin va 2 ta uchinchi oʻrin) hamda Toshkent harbiy okrugi (2 ta ikkinchi va 2 ta uchinchi oʻrin) jamoalari zabt etdi.

Musobaqa gʻoliblariga Markaziy harbiy okrug qoʻmondoni vazifasini bajaruvchi polkovnik Qahramon Achilov tomonidan diplom hamda esdalik sovgʻalari topshirildi.

899A7250
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
899A7285
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
899A7402
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
899A7218
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
899A7423
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
899A7470
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
899A7522
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
899A7586
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
899A7626
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
899A7713
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
899A7683
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
VF5A2310
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
VF5A2565
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring