Tankchilar koʻzi ojizlar jamiyati guzariga tashrif buyurishdi

Samarqand shahri “Vatanparvar” mahallasida joylashgan tankchilar bataloni shaxsiy tarkibi tomonidan Pastdargʻom tumani Mirzo Ulugʻbek mahallasi koʻzi ojizlar jamiyati guzarida navbatdagi xayriya tadbiri uyushtirildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Targʻibot guruhi aʼzolari Mustaqilligimizning 28 yilligi munosabati bilan ushbu insonlarni muborakbod etdi. Samarqand Maʼnaviyat va maʼrifat markazi harbiy orkestri hamda xonandalari tomonidan yangragan kuy-qoʻshiqlar koʻngillarga yorugʻlik bagʻishladi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Tankchilar bataloni komandiri oʻrinbosari kapitan Zuhriddin Toirov hamkasblari nomidan 40 nafar koʻzi ojiz ota-onalar va ularning farzandlariga toʻrt va esdalik sovgʻalarini topshirdi.

Tadbirda Oʻzbekiston Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti xodimlari ham ishtirok etdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring