Markaziy harbiy okrug SCHR batalyoni xizmatchilari tomonidan navbatdagi aksiya oʻtkazildi

Markaziy harbiy okrugdagi 526 sonli SCHR batalyoni shaxsiy tarkibi tomonidan Mustaqillik bayrami munosabati bilan Samarqand shahridagi Istirohat bogʻida hamda davolanish muassasalarida “Jonajon Oʻzbekistonim, mangu boʻl omon!” shiori ostida oʻzgacha aksiyaga start berildi.

Xayrli ishni har kim, har kuni qilishi kerak, – deydi kapitan Eldor Otamurodov. – Mustaqillik bayram oldi tadbirlarida faol ishtirok etishni maqsad qilganmiz. Barcha ezgu fikr va tashabbusni serjant va chaqiriluvchilar ilgari surmoqda. Barchani ushbu aksiyada ishtirok etishini soʻrab qolaman.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring