Markaziy harbiy okrug qoʻmondoni oʻrinbosari tomonidan yosh leytenantlarga kelgusi xizmat faoliyatida zarur bo‘ladigan tegishli tavsiyalar berildi (foto)

Markaziy harbiy okrugida joriy yilda Qurolli Kuchlardagi oliy harbiy taʼlim muassasalarini muvaffaqiyatli tamomlagan yosh leytenantlar bilan oʻquv yigʻini tashkil etildi.

12-24 avgust kunlari bo’lib o’tgan oʻquv yigʻinda 54 nafar ofitserni nazariy bilimlari amaliyotda mustahkamlandi. Malakali va tajribali ofitserlar tomonidan mashgʻulotlar olib borildi. Samarqand, Jizzax hamda Navoiy garnizonlaridagi harbiy qismlarda yangi lavozimlarga tayinlangan yosh ofitserlarga o‘quv yig’in yakunida Markaziy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonining birinchi oʻrinbosari – shtab boshlig’i polkovnik Qahramon Achilov ularga kelgusi xizmat faoliyatida zarur bo’ladigan tegishli tavsiyalar berdi.

Shu bilan birga yigʻin ishtirokchilari “Sazagon” dala oʻquv maydonida jangovar tayyorgarlik mashgʻulotlariga jalb qilindi. Ular harbiy taʼlim dargohida olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qoʻllash koʻnikmalariga ega boʻlishdi.

Shuningdek, yosh ofitserlar uchun okrug Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boshqarmasi tomonidan madaniy hordiq tadbirlari, Samarqand shahridagi diqqatga sazovor va tarixiy obidalar boʻylab sayohat uyushtirildi.

Izoh qoldiring