Bo‘yi baland boʻlgan harbiylar qanday imtiyozlarga ega (foto)

Oʻzbekiston armiyasida bo’yi 190 sm va undan baland boʻlgan harbiy xizmatchilar qoʻshimcha oziq-ovqat payogi bilan taʼminlanadi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar, Axborot texnologiyalari vazirligi hamda DXX rahbarlari tomonidan tasdiqlangan qoʻshma Qarorning 30-moddasida ushbu imtiyozning berilish shartlari koʻrsatib oʻtilgan.

Unga koʻra, harbiy vrachlar komissiyasi xulosasiga koʻra, boʻyi 190 sm va undan yuqori boʻlgan harbiy xizmatchilarga qoʻshin turiga qarab, beriladigan oziq-ovqat payogining 50% miqdorida qoʻshimcha berilishi koʻzda tutilgan.

Oziq-ovqat payogi oʻrnida beriladigan badal pullari yaʼni bir oyda eng kam ish haqqining 3 barobari (669000 soʻm) miqdorda qoʻshimcha payoksiz toʻlab beriladi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring