Markaziy harbiy okrugda harbiy xizmatchilarning maʼnaviy-maʼrifiy saviyasini oshirishga qaratilgan Qaror ijrosi yuzasidan yigʻilish boʻlib oʻtdi

Markaziy harbiy okrugdagi Situatsion markazda Samarqand viloyati hokimi oʻrinbosari Rustam Qobilov rahbarligida Prezidentning 2018-yil 4-avgust kunidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining maʼnaviy-maʼrifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-3898-sonli Qarori ijrosi yuzasidan yillik hisobot yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Tahliliy va tanqidiy ruhda oʻtgan yigʻilishda shahar, viloyati va tuman hokimlari oʻrinbosarlari hamda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Dastlab yigʻilishda harbiy okrug qoʻmondoni oʻrinbosari polkovnik Ulugʻbek Doʻstmatov “Vatan — muqaddas, uni himoya qilish sharafli burchdir!” konseptual gʻoya asosida olib borilayotgan amaliy ishlar, Qarorning mazmun-mohiyati, maqsadi va ortda qolgan bir yil davomida erishilgan ijobiy natijalar yuzasidan hisoboti tinglandi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Harbiy xizmatchilarning maʼnaviy-maʼrifiy saviyasini oshirishda harbiy qismlarda tashkil etilayotgan tadbirlar, koʻrik-tanlov, musobaqalar, davra suhbatlari, koʻrgazmali mashgʻulotlar yuqori samara berayotgani taʼkidlandi. Harbiy qismlardagi psixologlarning oʻrni va roli haqida toʻxtalib oʻtildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Yigʻilishda harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq boʻlgan muammolarga eʼtibor qaratildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Tadbir soʻngida ishtirokchilar harbiy qismda harbiylar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar, elektron va badiiy kutubxona, panoramali majmuaviy otish trenajyori hamda askarlar oshxonasi bilan yaqindan tanishishdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring