Markaziy harbiy okrugda yosh tankchilar bilan tungi va kunduzgi otish mashgʻuloti oʻtkazildi (foto+video)

Kecha, 15-avgust kuni Markaziy harbiy okrug harbiy qismlarida xizmat qilayotgan yosh tankchilar bilan O’zbekistondagi birinchi raqamli “Kattaqoʻrgʻon” poligonida kunduzgi va tungi nishonlarga oʻq otish mashgʻuloti oʻtkazilib, jangovar texnikalarda taktik harakatlar amalga oshirildi.

Kunduzgi va tungi nishonlarga oʻq otish mashgʻulotida joriy yilda muddatli harbiy xizmatni tugatib, shartnoma boʻyicha xizmatga qolgan yosh tankchilar T-72 jangovar tankiga oʻrnatilgan stvol hamda 14,5 mmli plumyotidan mashq bajarishdi.

Shuningdek, yosh harbiylar oʻquv yigʻini davomida dala maydonida jangovar texnikani mohirona boshqarish, otish, texnik xizmat koʻrsatish va boshqa harbiy fanlar boʻyicha amaliy koʻnikmaga ega boʻlishmoqda.

Maʼlumot oʻrnida, 2X35 markali kichik kalibrli oʻq otar quroli T-72 jangovar tankidagi asosiy 125 mmli toʻp ichiga oʻrnatilib, oʻq-dori kam sarflab, samarali otishni oʻrgatishdan iborat. Ushbu bosqichdan so’ng asosiy to‘pdan amaliy otish mashqlari o‘tkaziladi.

Izoh qoldiring