Navoiyda harbiy xizmat bilan bogʻliq boʻlgan murojaatlar yuzasidan sayyor qabul oʻtkaziladi

Ertaga, 6-avgust kuni Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi Mudofaa ishlar boʻlimida soat 14.00 dan 18.00 ga qadar harbiy xizmat bilan bogʻliq boʻlgan masalalar yuzasidan fuqarolarni murojaatlari oʻrganiladi.

Sayyor qabul Mudofaa vazirligi Tashkiliy safarbarlik bosh boshqarmasi boshligʻi rahbarligida oʻtkazilib, yoshlar tomonidan harbiy xizmatga ketish chogʻida yuzaga kelayotgan mavjud muammolar oʻrganilib, joyida hal qilinishi koʻzda tutilgan.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring