Markaziy harbiy okrugdagi artilleriyachilar qismida esda qolarli ekskursiya tashkil etildi (foto)

Markaziy harbiy okrugiga qarashli Kattaqoʻrgʻon shahridagi artilleriyachilar harbiy qismida harbiylarning oila aʼzolari uchun esda qolarli ekskursiya tashkil etildi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug Matbuot xizmati maʼlum qildi.

Birinchi marotaba tashkil etilayotgan bunday sayohat nafaqat bolalar, balki uy bekalari uchun ham zavqli boʻldi. Harbiy oilalar qism boʻylab ekskursiya bahonasida turmush oʻrtogʻining xizmat joyi va ularga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Tadbir davomida mehmonlar interaktiv kutubxona va harbiy qism muzeyida boʻlishdi. Ponaramali majmuaviy otish trenajyori hamda qurol-aslaha koʻrgazmasi yoshlar uchun ayni muddao boʻldi. Askarlar oshxonasida esa oilalar uchun tushlik hozirlandi.

Shuningdek, Markaziy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonining birinchi oʻrinbosari – shtab boshligʻi polkovnik Qahramon Achilov tashabbusi bilan Kattaqoʻrgʻon poligoni yaqinida joylashgan qishloq yoshlari uchun Samarqand shahridagi diqqatga sazovor va tarixiy obidalariga sayohat uyushtirildi.

Izoh qoldiring