Markaziy harbiy okrugda “Huquqbuzarlik profilaktikasi kuni” doirasida tadbir o’tkazildi

Bugun, 1-avgust kuni Markaziy harbiy okrug tasarrufidagi Kattaqoʻrgʻon garnizonidagi harbiy qismda “Huquqbuzarlik profilaktikasi kuni” doirasida tadbir tashkil etildi.

Unda huquq-tartibot organi xodimlari, shahar hokimining xotin qizlar boʻyicha oʻrinbosari Feruza Rahimova, “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi boshligʻi Nodira Nurullayeva hamda bosh imom xatibi Xayrulla Doʻsmatovlar ishtirok etdi.

Tadbir davomida tashrif buyurgan harbiy xizmatchilari va ularning oila aʼzolari hamda Qurolli Kuchlar ishchi xizmatchilarining huquqiy savodxonligini oshirish va turli koʻrinishdagi qonunbuzarliklar sodir etilishining oldini olish, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish boʻyicha tavsiyalar berildi.

Izoh qoldiring