Markaziy harbiy okrug jamoasi Xalqaro armiya oʻyinlarida 8 ta yoʻnalish boʻyicha Oʻzbekiston sharafini himoya qilmoqda (foto)

Markaziy harbiy okrug qoʻshinlarida turli xil mutaxassisliklarda xizmat faoliyatini olib borayotgan harbiy xizmatchilar 8 ta yoʻnalish boʻyicha Xalqaro armiya oʻyinlarida Oʻzbekiston sharafini munosib himoya qilish maqsadida faol ishtirok etmoqda.

AD7A8910

Jumladan, “Xavfsiz yoʻnalish”, “Elburs halqasi”, “Artilleriya olov ustasi”, “Tank biatloni”, “Harbiy ralli”, “Taʼmirlash batalyoni koʻrik tanlovi”, “Harbiy tibbiy estafeta” (Oʻzbekiston mezbonlik qilmoqda) hamda “Qurolsoz usta” yoʻnalishlari boʻyicha xorij davlatlarida oʻtkazilayotgan Xalqaro oʻyinlarida qatnashish uchun Markaziy harbiy okrugi jamoasi dala oʻquv maydonlarida kuchli tayyorgarlikdan oʻtdi.

8 ta yoʻnalishda jami 33 nafar puxta tayyorgarlik koʻrgan harbiylar Oʻzbekiston harbiy delegatsiyasi tarkibida Xalqaro musobaqada ishtirok etishi uchun chet elga xizmat safarlariga yuborilmoqda.

Aytish mumkinki, oʻzbek armiyasi nufuzini yanada oshirishda mazkur Xalqaro va umumarmiya oʻyinlarining roli katta. Shu bois, harbiy xizmatchilarimiz tomonidan erishilgan har bir gʻalaba Oʻzbekiston armiyasining qudratli davlatlar reytingida yanada yuqorilashiga xizmat qiladi.
Barcha qatnashchilarga Markaziy harbiy okrug nomidan nufuzli musobaqalar oldidan omadlar tilaymiz.

Markaziy harbiy okrug Matbuot xizmati

Izoh qoldiring