Markaziy harbiy okrugi miqyosidagi «Eng ilg’or mutaxassis» ko’rik tanlovi go’liblari aniqlandi

Markaziy harbiy okrug qoʻshinlarida oʻtkaziladigan “Eng ilgʻor mutaxassis” koʻrik tanlovining 13 ta yoʻnalishi boʻyicha respublika miqyosidagi musobaqalarda ishtirok etadigan jamoalar nomi maʼlum boʻldi.

Рисунок6

Jumladan, harbiy xizmatlar yakka va jamoa tarzda “Eng ilgʻor pulemyotchi”, “Eng ilgʻor mergan”, “Eng ilgʻor granatamyotchi”, “Eng ilgʻor AGS hisobi va SPG-9 hisobi”, “Eng ilgʻor muhandis qoʻshinlari mutaxassisi”, “Eng ilgʻor artilleriya mutaxassisi”, “Eng ilgʻor orudiya (ZORQ, minomyot) hisobi”, “Quruqlikdagi Qoʻshinlarni HHM qilish qoʻshinlari eng ilgʻor mutaxassisi” va “Quruqlikdagi Qoʻshinlarni HHM qilish qoʻshinlari eng ilgʻor hisobi”, “Eng ilgʻor radiatsion, kimyoviy, biologik razvedka mutaxassisi”, “Eng ilgʻor maxsus ishlov berish mutaxassisi”, “Eng ilgʻor mutaxassis ognemyotchi”, “Eng ilgʻor radiatsion, kimyoviy, biologik razvedka hisobi” hamda “Eng ilgʻor maxsus ishlov berish hisobi” kabi yoʻnalishlarda faol ishtirok etishdi.

Рисунок5

Mazkur mutaxassisliklar boʻyicha tanlovning harbiy qism bosqichida muvaffaqiyat qozongan harbiy xizmatlar okrug miqyosidagi tanlovda qatnashdilar.

Xususan, “Eng ilgʻor artilleriya mutaxassisi” boʻyicha ishtirok etadigan tarkib dastlab jismoniy tayyorgarlik, otish mashqi hamda ommaviy qirgʻin qurollaridan himoyalanish tayyorgarligidan sinovdan oʻtdi.

Рисунок7

Amaliy qismda ishtirokchilar 800 metr va yettita marradan iborat maxsus trassa yoʻli boʻyicha tezkor harakat koʻrinishida har xil janglarga yoʻnaltirilgan real holatda jangovar va mutaxassis tayyorgarlik meʼyorlarini bajarishni amalga oshirdilar.

Shuningdek, konkurs yakunida ishtirokchilar tomonidan 122 mm D-30 gaubitsasi va 120 mm minomyotidan harakatlanmaydigan nishonlarni artilleriya qurolidan toʻgʻridan-toʻgʻri qaratish orqali yakson qilinadi.

Izoh qoldiring