Markaziy harbiy okrugdagi “Forish“ togʻ poligonida Vyetnam harbiylari “Harbiy tibbiy estafeta“ oʻtkaziladigan hudud bilan tanishdi (foto)

Kecha, 26-iyul kuni Vyetnam Sotsialistik Respublikasi harbiy delegatsiyasi Xalqaro armiya oʻyinlarida ishtirok etish uchun “Forish” poligoniga yetib keldi. Va kunning ikkinchi yarmida V “Xalqaro armiya oʻyinlari – 2019” doirasida “Harbiy-tibbiy estafeta” tanlovi oʻtkaziladigan hudud bilan tanishdi.

Mehmonlarni hududda qulay harakatlanishi uchun Mudofaa vazirligi va Markaziy harbiy okrug masʼul ofitserlari biriktirildi.

Gʻalabaga ishtiyoqi baland vyetnamlik harbiylar har bir yoʻlakni sinchkovlik bilan kuzatishdi.

Markaziy harbiy okrug ofitserlari bilan esdalik uchun rasmga tushishdi.

Eslatib oʻtamiz, 4-avgust kuni start oladigan “Harbiy-tibbiy estafeta” tanlovida Armaniston, Angola, Ozarbayjon, Belarus, Rossiya, Zimbabve, Qozogʻiston, Myanma, Tojikiston va Venesuela (kuzatuvchi maqomida) kabi davlatlar gʻoliblik uchun oʻzaro kurashadi.

Izoh qoldiring