Markaziy harbiy okrugidagi harbiy qismlar kesimida “Temur tuzuklari bilimdoni” tanlovi oʻtkazildi (foto)

Markaziy harbiy okrug qoʻmondonligi hamda Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda harbiy qismlar kesimida 30 yoshdan oshmagan ofitser, serjant va oddiy askarlar oʻrtasida “Temur tuzuklar bilimdoni” tanlovi oʻtkazildi.

Xususan, Samarqand shahri Uzoq Lager dahasidagi harbiy qismda oʻtkazilgan mazkur tanlovda yosh harbiy xizmatchilarning bilimini qayta sinovdan oʻtkazib, ularni kitob oʻqishga boʻlgan qiziqishlarini yanada oshirishga xizmat qildi.

Uch bosqichda oʻtkaziladigan ushbu tanlovning birinchi bosqichida 50 ga yaqin harbiy xizmatchilar ishtirok etdi. “Temur tuzuklari” bilimdonlari 12 daqiqa ichida 25 ta test sinovlariga yechim topishdi.

Mazkur tanlovda tanlov gʻoliblari aniqlandi. Ofitser, serjant hamda oddiy askarlar ishtirok etgan musobaqada muddatli harbiy xizmat oddiy askarlari muvaffaqiyat qozondi. Oddiy askar Mirqosim Oʻrinov 1-oʻringa loyiq topildi. 2 va 3 oʻrinlarni esa Xolli Kenjayev hamda Otabek Salomovlar egalladi.

Gʻoliblarga Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi tomonidan Diplom va keyingi bosqichga yoʻllanma berildi.

Izoh qoldiring