Vyetnam harbiy prokurori Markaziy harbiy okrug faoliyati bilan yaqindan tanishdi (foto)

Vyetnam markaziy harbiy prokurori general-leytenant Nguyen Van Xan boshchiligidagi delegatsiya Samarqand shahriga tashrifi davomida Markaziy harbiy okrug faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati maʼlum qildi.

Dastlab nufuzli mehmonlar Markaziy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni polkovnik Oybek Saidov bilan yaqinda barpo etilgan Situotsion markaziga tashrif buyurishdi.

Delegatsiya aʼzolari elektron kutubxona, otish mashqlarini oʻtkazish uchun dinamik trenajyor, harbiy qismlar bilan ma’lumot almashish punkti hamda harbiy xizmatchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi.

Tashrif yakunida ikki tomon bir-birlariga esdalik sovgʻalari ulashdi.

0aw

Izoh qoldiring