Ilk marotaba Navoiy garnizonida Kuchishlatar boʻlinmalar hamkorligida tungi maxsus mashgʻulotlar oʻtkazildi (foto+video)

23-24-iyun kunlari ilk marotaba Markaziy harbiy okrugiga qarashli Navoiy garnizonida Qurolli Kuchlar kuch tuzilmalari bilan hamkorlikda tungi mashgʻulotlar oʻtkazildi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati maʼlum qildi.

Markaziy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni polkovnik Oybek Saidov rahbarligida oʻtkazilgan tungi amaliy mashgʻulotlarda Navoiy shahri xavfsizligi uchun masʼul vazirliklarning maxsus va tezkor boʻlinmalar jalb etildi.

Dastlab DXX va Ichki ishlar vazirligi tezkor boʻlinmasi tomonidan kechki soat chamasi 20.15 da noqonuniy qurollangan kichik guruh Navoiy shahri markaziy koʻchalaridan Beruniy koʻchasiga tomon yengil mashinada harakatlanib, “Keran zit” ishlab chiqarish zavodi binosiga joylashgani maʼlum qilindi. Shu bilan birga qurolli kimsalar qaysi chegara hududidan oʻtganligi, shaxsi va tayyorgarligi haqida tezkor maʼlumotlar aniqlandi. Binoga xavfsiz kirish yoʻllari razvedka qilindi.

Tez fursatda Mudofaa, Ishchi ishlar vazirligi hamda Milliy gvardiya tarkibidan yigʻma maxsus otryad tuzildi. Ular 3 guruhga boʻlinib harakatlanishi kelishib olindi.

Maxsus boʻlinma shaxsiy tarkibi tezkor vazifalarga kirishdi. “Tigr” nomli yengil zirhlangan texnikalar, zamonaviy qurollar, moʻljal koʻrsatuvchi lazer, teplovizor vositasi (yaʼni inson tanasidan chiqayotgan issiqlikka qarab, binoda qancha odam joylashganini koʻrsatuvchi moslama), har bir harbiy xizmatchi harakatini onlayn tarzda uzatib turadigan moslama, qurollarga oʻrnatilgan maxsus tungi optik asboblar shay holatga keltirildi.

Maxsus yigʻma otryad taqib qilinayotgan guruhga dastlab kelishuv yoʻli taklif qilindi. Rad etilgach, “Kobra” usulida shturm qilinishi boʻyicha koʻrsatma berildi. Yaʼni binoning tepa qismidan maxsus uchlik hamda yon va pastki qismidan qurshovga olish guruhi harakatlanib, qidiruvda boʻlgan shaxslar oʻrtada qoʻlga olinadi.

Qoʻmondonlik tomonidan maxsus operatsiyani kuzatish uchun bino yaqinida maxsus joy jihozlandi. Mazkur amaliy oʻquvda Ichki ishlar vazirligi tezkor vazifalarni bajaruvchi safarbar otryadi shartli dushmanni tezkor qoʻlga olish boʻyicha alohida jonbozlik koʻrsatdi.

24-iyun kuni Markaziy harbiy okrug qoʻmondoni tomonidan Kuchishlatar tuzilmalar rahbarlari bilan tungi mashgʻulot yakuni oʻtkazildi. Yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar va yutuqlar eʼtirof etildi.

Polkovnik Oybek Saidov Kuchishlatar tuzilmalar Navoiy shahri xavfsizligini taʼminlash uchun yetarli darajada qudratga ega ekanligini taʼkidlandi.

Izoh qoldiring