Mudofaa vaziri: Har birimizda kuzatuvchanlik emas, egalik fazilati bo‘lishi kerak

Kecha, 22-iyul kuni Mudofaa vaziri birinchi marotaba jangovar boshqaruv markazida harbiy okrug, qism va muassasalarda xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar bilan videomuloqot o‘tkazdi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Barchaga namuna sifatida MDH mamlakatlari harbiy xizmatchilari o‘rtasidagi Belarus poytaxti Minsk shahrida bo‘lib o‘tgan ko‘pkurash va harbiy amaliy ko‘pkurash bo‘yicha musobaqada 2-o‘rinni egallagan sovrindorlarni ko‘rsatib, ularga medal va esdalik sovg‘alari topshirdi.

Endilikda musobaqalar “Men g‘olib” shiori ostida o‘tkazilishi va har bir harbiy xizmatchida kuzatuvchanlik emas, egalik fazilati bo‘lishi, mahoratli askar Vazir e’tiborida ekanligini ta’kidladi.

Hozirda viloyat harbiy ma’muriy sektor rahbarlari bilan hamkorlikda 500 dan ortiq harbiy va ijtimoiy obyektlar ta’mirlanib, qurilmoqda.

Mudofaa vaziri birinchi o‘rinda harbiy xizmatchilarga qulay sharoitlar yaratish kerakligi, ushbu bunyodkorlik ishlari 2021-yilgacha o‘z yakuniga yetkazilishini aytib o‘tdi.

Jangovar boshqaruv markazi, mobil qo‘mondonlik punktlari qisqa muddatda tashkil etildi. Harbiy texnikalarni soy va daryodan tez fursatda o‘tishi uchun Panton ko‘prik vzvodi faoliyati yangi bosqichga ko‘tarildi.

Izoh qoldiring