Unutilmas kundan…

Yaqinda Jizzax viloyatining Forish togʻ poligonida bir qator jurnalist va blogerlar jam boʻlishdi. Buning boisi jurnalist va blogerlar oʻrtasida harbiylashgan musobaqa edi. Huddi shunday tadbirda kamina ham qatnashib oʻzgacha his va katta taassurot bilan qaytdim. Yurtimiz tinchligi yoʻlida kunni kun tunni tun demasdan jonini fido qilayotgan harbiylarimiz bilan yuzma-yuz koʻrishib, harbiy musobaqada qatnashish nasib etdi.

фото Музаффар Абдуллаев

Ushbu tadbir Markaziy harbiy okrug qoʻmondoni tashabbusi bilan tashkil etilib, 20 ga yaqin jurnalist va blogerlar qatnashishdi.

Bizni harbiy orkestr bilan kutib olishdi. Buni kutishmagan ishtirokchilar, foto jurnalistlar oʻz ishlarini boshlab yuborishdi. Yaʼni buni xotira kadrlariga muxrlashdi.

Soʻng, shartlarga koʻra, jurnalist va blogerlar poligonda pistoletdan oʻq otish mashqlarini bajarishib, merganlik qobiliyatlari qanchalik yaxshi ekanliklarini bilib olishdi.

фото Музаффар Абдуллаев

Pistoletda oʻq otish tayyorgarligidan eng yuqori natija koʻrsatgan jurnalist va blogerlarning koʻzidagi quvonch va shunday natija koʻrsatganligidan hayratlanganligini yashirmaganliklarini koʻrish mumkin.

Oʻq otish uchun katta kuch kerak ekan. Sababi men hayotimda qurol hech otib koʻrmaganligim uchun juda qoʻrqdim. Uning ovozi meni vahimaga soldi. Yurtimiz tinch ekanligiga shukr qildim.

Undan soʻng ishtirokchilar jangovar texnikalardagi ekipaj tarkibida 10 kmga harakatlanishni boshlab yuborishdi.

фото Музаффар Абдуллаев

Ochigʻini aytsam harbiy hayot tarzi, harbiylarning texnikalari, ularning yashash sharoitlari meni lol qoldirdi.Men Oʻz armiyamiz bilan yana ham faxrlanib ketdim. Kunning issiq ekanligi bizga taʼsir qilmadi ham.

Tushlikda ajoyib, butun Oʻzbekistonga mashhur Jizzaxning somsalaridan tatib koʻrdik. Albatta bejizga Jizzaxning somsasi mashhur emas. Viloyatlardan kelishgan jurnalist va blogerlar bunday ajoyib tushlikni koʻtarinki ruh bilan oʻtkazishdi. Hech kimda charchoq hissi sezilmadi.

Endi harbiylarimiz tomonidan tayyorlangan qoʻl jangini koʻrgazmali chiqishni koʻrish uchun otlandik.Ochigʻi harbiy sohaga yoshligimdan qiziqqanim bois, qoʻl jangini tomosha qilarkanman tanamda titroq hissi boʻlayotganligini sezyapman. Hammasi jonli tarzda. Harbiylarimiz chiqishlari olqishga sazovor.

Bloger Baxtigul Xidiraliyeva

Kunning yarmida bizni Markaziy harbiy okrug qoʻmondoni polkovnik O.Saidov kutib oldi. Press-tur uchrashuvimiz boshlandi va ular aytgan ilk gaplari jurnalist va blogerlarni toʻlqinlantirib yubordi.

“Oʻzbekiston armiyasi bilan faxrlansa boʻladi va arziydi. Mudofaa vazirligi tashabbusi OAV vakillari koʻmagida armiyamizni xalqqa har tomonlama yaqinlashtirishni, ularning shart-sharoitlari, yashash sharoitlari bilan tanishtirib borishni, yanada xalqimiz bilan yaqinroq boʻlishishni istab Sizlar bilan ushbu unutilmas kunni tashkil etdik. Ochigʻi ilgari hech kim harbiy poligonga yaqinlashmagan, hozir bu yerda istovchilar uchun ushbu poligonlar ochiq va bemalol harbiylarimiz uchun yaratilgan imkoniyatlarni koʻrib, Vatanimiz bilan faxrlansa boʻladilar”, dedi Markaziy harbiy okrug qoʻmondoni, polkovnik O.Saidov ushbu kundan oʻz quvonchini yashirmasdan.

фото Музаффар Абдуллаев

Shundan soʻng jurnalist va blogerlar qiziqtirgan savollar bilan murojaat etishib oʻzlariga tegishli javoblarini olishdi. Markaziy harbiy okrug qoʻmondoni otish tayyorgarligidan yuqori natijalar koʻrsatgan bir qator jurnalistlarni maxsus sovgʻalar bilan taqdirladi. Ishtirok etgan barcha jurnalist va blogerlarga esdalik sovgʻa va faxriy yorliqlar berildi.

Bizni harbiy orkestrlar tomonidan konsert kutib turibdi ekan. Harbiy askarlar, jurnalist va blogerlar bilan birgalikda ajoyib oʻyin kulgi boʻldi. Konsert hammaga birdek maʼqul keldi. Kelgan ishtirokchilar koʻzida faqat quvonchni koʻrish mumkin.

Bir kun davomida harbiy poligonda boʻlib, armiyamiz sarhadlari ishonchli qoʻllarda ekanligiga yana bir bor amin boʻldim.

фото Музаффар Абдуллаев

Barcha jurnalist va blogerlar bizga ajratilgan ulovda birga kelarkanmiz hammada iliq taassurotlar, kunning ajoyib oʻtganligi, foto jurnalistlarning tushirgan suratlarini tomosha qilib tabassum bilan eng zoʻr kun boʻlganligini koʻp bora takrorlashdi. Mustaqil Oʻzbekistonimizga aslo koʻz tegmasin. Oʻzbekiston Respublikasiga xizmat qilaman!.

Bloger Baxtigul Xidiraliyeva

Izoh qoldiring