Markaziy harbiy okrug ogohlantiradi: Navoiy shahri markazida Kuch ishlatar tuzilmalarning tungi oʻquv mashgʻulotlari oʻtkaziladi

Ertaga, 23-iyul kuni Markaziy harbiy okrug qoʻmondoni polkovnik Oybek Saidov rahbarligida Navoiy shahridagi Kuchishlatar tuzilmalari bilan hamkorlikda Bunyodkor koʻchasi va unga tutash yoʻllarda tungi soat 20.30 dan 21.30 gacha shahar xavfsizligini taʼminlash boʻyicha katta masshtabdagi oʻquv mashgʻuloti oʻtkaziladi.

Shu munosabati bilan shahar aholisini xavotir olmaslikka chaqirib, yoʻllarda harbiy texnikalar, xizmat mashinalari hamda qurolli boʻlinmalar harakatlanishida yuzaga keladigan noqulayliklar uchun oldindan uzr soʻraymiz.

Markaziy harbiy okrug Matbuot xizmati

 

Izoh qoldiring