Markaziy harbiy okrugidagi “Sazagan” poligonida shaxsiy tarkib bilan axloqiy-ruhiy taʼminot boʻyicha trening oʻtkazildi (foto)

Markaziy harbiy okrugiga qarashli Samarqand viloyatida joylashgan “Sazagan” poligonida boʻlinma shaxsiy tarkibi bilan jangovar vaziyatlarda axloqiy-ruhiy taʼminot va unga taʼsir koʻrsatuvchi omillar mavzusida trening tashkil etildi.

Podpolkovnik Shavkat Abdurahimov rahbarligi ostida oʻtkazilgan mashgʻulotda harbiy xizmatchilar koʻz oldida real jang manzarasi yaratildi. Yarador harbiy xizmatchi va safdosh doʻstining ruhiy holatidagi oʻzgarishlar, turli toʻsiqlardan oʻtish, dushman hujumidan ruhan himoyalanish va boshqa elementlar koʻrgazmali vositalar yordamida koʻrsatib berildi.

Boʻlinma shaxsiy tarkibining ogʻir vaziyatlarda hamfikrlilik, jipsligi hamda kuchli sabr va matonat ega boʻlishi, ruhiy tetiklik gʻalaba kafolati ekanligi tushuntirildi.

Mashgʻulot soʻnggida poligonda madaniy hordiq ishlari va badiiy havaskorlik jamoasi tomonidan konsert dasturi namoyish etildi.

Izoh qoldiring