Markaziy harbiy okrugida harbiy yuklarni tashish boʻyicha amaliy mashgʻulotlar oʻtkazildi (foto)

Markaziy harbiy okrugida joylashgan Samarqand Kichik mutaxassislarni tayyorlash markazida harbiy yuklarni tashilishi boʻyicha koʻrgazmali amaliy mashgʻulot tashkil etildi.

Hozirgi vaqtda harbiy okruglar hududidagi poligonlarda harbiy yuklarni tashish boʻyicha oʻquv joylari tashkil etilgan. Shuningdek, poligonga yaqinida harbiy harakatlar boʻlimi va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ bilan hamkorlikda temir yoʻl oʻtgan joylarda harbiy moddiy-texnik vositalarni yuklash va tushirish joyi barpo etilmoqda.

Koʻrgazmali mashgʻulotda Samarqand shahridagi harbiy harakatlarni boshqarish boʻlimi xodimlari tomonidan harbiy qism va muassasalardan kelgan ofitserlar, serjant va oddiy askarlarga harbiy yuklarni va moddiy vositalarni yuklab-tushirish qoidalari, harakat davomidagi qoʻriqlov, qorovullik xizmatini tashkil etish qoidalari haqida tushunchalar berildi.

Izoh qoldiring