Markaziy harbiy okrugiga qarashli harbiy qismda 200 oʻrinli bogʻcha qurilmoqda (foto+video)

Markaziy harbiy okrugiga qarashli Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi harbiy qismlarning birida 200 oʻrinli Maktabgacha taʼlim muassasasi va xizmat uylari qurilishi boshlab yuborilgan.

Harbiy qismning ichki hududida yaʼni “Vatanparvar” mahallasida qurilayotgani MTM va xizmat uylari harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari uchun yanada yengillik yaratadi. Bolalar harbiy qismdan 5 km uzoqlikda joylashgan Uyluqma qishlogʻidagi 19-umumtaʼlim taʼlim maktabida tahsil olishadi.

– Men kabi ish bilan taʼminlangan koʻplab ayollar ham shu vaqtga qadar bogʻcha yoshidagi bolalarimizni qoʻshnilarga qoldirib ketayotgan edi, – deydi harbiy xizmatchini turmush oʻrtogʻi Nafisa Berdiyeva. – Oʻzimiz ishda, koʻnglimiz xavotirda boʻlardi. Biz turgan uyni qarama-qarshi tomonidan bogʻcha qurilishi barchani birdek quvontirdi. Harbiy okrug qoʻmondonligiga minnatdorchiligimni bildiraman.

2 qavat iborat 200 oʻrinli MTM “Mini Viracles” MCHJ tomonidan qurib bitkazilishi loyihalashtirilgan. Qurilish ishlari iyun oyining oxirida boshlangan boʻlib, 20 nafar ishchilar va maxsus texnikalar jalb qilingan. Taʼlim maskani atrofida bolalar va sport maydonchasi, saylgoh va suzish havzasi qurilishi koʻzda tutilgan.

2,3 xonali 3 qavatdan iborat 64 xonadonga moʻljallangan xizmat uylari esa dekabr oyiga qadar topshirilishi rejalashtirilgan.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring