Markaziy harbiy okrugiga qarashli Samarqanddagi harbiy qismda psixolog tomonidan trening tashkil etildi (foto)

Samarqand shahri Uzoq Lager dahasidagi harbiy qism psixologi tomonidan navbatdagi trening oʻtkazildi.

Hozirgi vaqtda harbiy qismlarda psixolog lavozimlari joriy qilingani ulkan samara bermoqda. Shartnoma asosidagi harbiy xizmatchi Jamshid Xabibov tashabbusi bilan Samarqand shahridagi Psixologik yuksalish markazi mutaxassislari tomonidan harbiy qismda mashgʻulot tashkil etildi.

Harbiy xizmatchilarning ruhiy olami, undagi oʻzgarishlar va stressni oldini olish usul va uslublari, shaxslararo munosabatlar, ziddiyatli vaziyatlarning oddiy yechimi koʻrsatildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring