Markaziy harbiy okrugida Oʻzbekistondagi eng yosh general sayyor qabul oʻtkazmoqda

Yaqinda, 14 yanvar kuni Prezident Farmoni bilan general-mayor unvoni berilgan Ikramov Azizbek Isroilovich Oʻzbekistondagi eng yosh generallardan biri.

Ayni pallada, uning rahbarligida yaʼni bugun Jizzax viloyatida sayyor qabul o’tkazdi. Ertaga 11-12 iyul kunlari muloqot Navoiy shahridagi Zarafshon hamda Uchquduq tumanlarida bo’ladi.

Murojaatlar qay darajada oʻrganilib, qay yoʻsinda hal qilinishi kelgusida Qurolli Kuchlardagi harbiy xizmat nufuzi va istiqbolini belgilab beradi.

Vazir oʻrinbosari A. Ikramov Mudofaa vazirligi tizimida oʻziga xos oʻzgarishlarga start berdi. U 2018 yil Mudofaa vazirligi tizimiga kelgan boʻlsa-da, qisqa muddatda yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ijtimoiy himoya masalalari, ofitser kadrlarni qayta tayyorlash boʻyicha salmoqli ishlarga qoʻl urdi. Qurolli Kuchlarda oxirgi oʻn besh yil ichidagi tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar yoʻnalishi boʻyicha unvon olgan birinchi va eng yosh general-mayordir.

Harbiy okruglarda sayyor qabullar oʻtkazishi ham uning eng oqilona tashabbuslaridan biri boʻldi.

Yosh generallar koʻpaysin.

Harbiy jurnalist Gʻayrat Madrahimov

Izoh qoldiring