Markaziy harbiy okrugida harbiy xizmat bilan bogʻliq boʻlgan muammolar oʻrganiladi

9-12 iyul kunlari Mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari rahbarligidagi ishchi guruh Markaziy harbiy okrug hududida joylashgan Samarqand, Jizzax hamda Navoiy viloyatlaridagi harbiy qism harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari, nafaqadagi hamda xizmat bilan bogʻliq muammolari boʻlgan fuqarolar bilan sayyor qabul oʻtkazadi.

Sayyor qabullar jarayonidagi kelib tushayotgan murojaatlar qay darajada oʻrganilib, qay yoʻsinda hal qilinishi kelgusida Qurolli Kuchlardagi harbiy xizmat nufuzi va istiqbolini belgilab beradi, desak toʻgʻri boʻladi.

Vazir oʻrinbosari A. Ikramov Mudofaa vazirligi tizimida oʻziga xos oʻzgarishlarga start berdi. U 2018 yil Mudofaa vazirligi tizimiga kelgan boʻlsa-da, qisqa muddatda yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ijtimoiy himoya masalalari, ofitser kadrlarni qayta tayyorlash boʻyicha salmoqli ishlarga qoʻl urdi. Qurolli Kuchlarda oxirgi oʻn besh yil ichidagi tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar yoʻnalishi boʻyicha unvon olgan birinchi va eng yosh general-mayordir. Harbiy okruglarda sayyor qabullar oʻtkazishi ham uning eng oqilona tashabbuslaridan biri boʻldi.

Rejaga koʻra, sayyor qabullar 9-10 iyul kunlari 10.00-16.00 da Samarqand va Jizzax shahridagi Yoshlar markazi binosida hamda 11-12 iyul kunlari esa Navoiy viloyatidagi Zarafshon va Uchquduq shahridagi Yoshlar markazi binosida oʻtkaziladi. Unda tegishli vazirlik, idora hamda davlat va jamoat tashkilotlaridan masʼul xodimlar ishtirok etadi.

Maʼlumot oʻrnida, 14 iyun kuni Fargʻona shahrida oʻtkazilgan sayyor qabul vaqtida hal qilingan muammolar soni rekord darajaga yetgani haqida aytilgandi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

2 Izoh

  1. Марказий ҳарбий округ матбуот хизмати фаолияти зўр!
    Тезкорлик, аниқлик ва холислик сари одимлаган шижоатларинга омад!

Izoh qoldiring