Markaziy harbiy okrugi Kadr bo’limi ofitserlari tanlovda yuqori natija ko’rsatishdi(video)

Markaziy harbiy okrugida 3-4 iyul kunlari “Eng ilgʻor Kadr organi ofitseri” koʻrik tanlovining 1-bosqichi oʻz nihoyasiga yetdi.

Mazkur musobaqa qatnashchilari Mudofaa vazirligi Kadrlar bosh boshqarmasi masʼul ofitseri podpolkovnik Rustam Hasanboyev va hakamlar hayʼati tomonidan baholanib borildi.

Tanlov shartlariga koʻra, ishtirokchining ish va xizmat faoliyatini rahbariy hujjat talablari asosida tashkil etishi, sohaga oid nazariy va amaliy bilimlari hamda jismoniy, otish tayyorgarligi boʻyicha natijalari sinovdan oʻtkazildi.

Markaziy harbiy okrug Qadrlar organi ofitserlari mazkur tanlovga puxta tayyorgarlik koʻrishganini namoyish etishdi.

Ular nasib etsa, joriy yilning noyabr oyida oʻtkazilishi koʻzda tutilgan mazkur musobaqaning 2-bosqichi yaʼni Mudofaa vazirligi miqyosidagi tanlovida ishtirok etishadi. Omad yor boʻlsin!

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring