Tahliliy: Xalqaro armiya oʻyinlarida nima sababdan mezbon komanda hamisha birinchilikni qoʻlga kiritmoqda?

Xalqaro armiya musobaqalarida “1-oʻrinni mezbon harbiy xizmatchilari oʻzlariniki qilgan boʻlsa…”, degan soʻzdan soʻng keyingi oʻrinlarda oʻzbek armiyasi vakillari jamoasining nomi zikr etilyapti.

Nahotki, Xalqaro musobaqada hammadan oldinroq belgilangan marrani zabt etish imkoni boʻlmasa. Shunday gʻalaba qozonki, birov shubha qilmasin, degan edi bir oʻzbek generali. Yaʼni mutlaq gʻoliblik uchun farq ancha katta boʻlsin. Yoki raqib jamoadan haqiqatdanda ustun ekanliginingni boshqacha tarzda isbot qil! Bir-ikki bal esa uncha rol oʻynamaydi.

Shuni tan olish kerakki, magʻlubiyatni yana bir sababi (soʻnggi bir yil ichida) Umumarmiya oʻyinlariga hamda Xalqaro musobaqalarga qatnashadigan harbiy xizmatchilar Mudofaa vazirligi miqyosida jiddiy 3-bosqichli maxsus saralashdan oʻtkazilyapti.

мусаффо осмон

Horij tajribasi shuni koʻrsatadiki, mazkur nufuzli musobaqalarga ishtirok etadigan davlat armiyasi vakillari yil oʻn ikki oy tayyorgarlik koʻrishadi. Bizda esa armiya oʻyinlarida sovrindor boʻlgan jamoa aeroportda kutib olinadi, soʻngra toʻrtta okrugga boʻlinib, oʻz xizmat oʻtash joylariga yuboriladi. Keyingi yildagi chempionatga tayyorgarlik esa musobaqa boshlanishiga bir yarim oy qolganda boshlanadi.

аа

Bir yil oldin “Qoʻshin razvedkachilari aʼlochilari” haqida maxsus koʻrsatuv tayyorlash uchun ushbu harbiy xizmatchilarni boshqa okruglardan “Forish” togʻ poligoniga yigʻganmiz. Ular bir guruhda (agar guruh kichiklik qilsa), bir harbiy qismdaxizmat qilsa boʻlmaydimi?! Yana bilmadim.

Bundan tashqari, nufuzli musobaqalar oʻtkazilayotgan chet el davlatidan turib, oʻzek jangchisining harakati va ruhiyatini foto va video materiallar orqali ochib berolmayapmiz.

Masalan, 1-iyul kuni “Kun.uz” nashri orqali Oʻzbekiston harbiylari Qozogʻistonda oʻtkazilgan “Choʻl burguti” xalqaro harbiy mashgʻulotlarda qatnashayotgani haqida xabardor boʻldik. Xoʻsh, Nima sababdan Qozogʻistonga ketayotgan oʻzbek harbiy delegaatsiyasiga oʻz muxbirimizni qoʻshib yubormayapmiz. Yoʻq, unda zavqi boʻlmaydi.

Chunki biz har doim aeroport yoki temiryoʻl vokzalidan karnay va surnaylar sadosi ostida kutib olishga odatlanganmiz.

Xalqaro armiya hamda Umumarmiya oʻyinlarida hamisha birinchilikni mezbon komanda qoʻlga kiritadi. Nega? Chunki mezbon davlat harbiylarining imkoniyati boshqalarga qaraganda koʻproq boʻladi. Oʻrganilmagan hudud, injiq ob-havo va joyni million marta kichraytirilgan shakli – xaritadagi togʻ releflarini oʻziga xosligini yaxshi bilmaslik va boshqa sabablar. Oʻz yurtingda devorlar ham suyaydi, deganicha bor.

Maʼlumotlarga koʻra, bu yilgi “Qoʻshin razvedkachilari aʼlochilari” Xaloqaro musobaqaga Xindiston mezbonlik qilarkan. Shu sababli, mazkur musobaqada qatnashadigan harbiylarimiz va rahbariyat tayyorgarlik uchun issiqlikda xind sarhadiga tenglasha oladigan “Buxoro” poligonini tanlashibdi. Qoyil. Mana boʻlarkanu.

Oʻzbek razvedkachilari Rossiya Federatsiyasining Sibir hududlarida boʻlib oʻtgan ketma-ket ikki yil (2017 va 2018-yillarda) Xalqaro musobaqada 3-oʻrinni qoʻlga kiritgan.

Xalqaro armiya oʻyinlari Butunjahon mamlakatlar Qurolli Kuchlar oʻrtasida oʻzbek armiyasini qudratini va reytingini koʻtarishga xizmat qilayapti.

2017/2018-yillardagi Xalqaro armiya oʻyinlarida qayd etilgan natijalarni quyida ko’satib o’tdik. Bu yilgi nufuzli musobaqada O’zbekiston armiyasiga zafarlar tilayman.

harbiy jurnalist, kapitan Gʻayrat Madrahimov

натижалар

Izoh qoldiring