Markaziy harbiy okrugida muhim sanaga bag’ishlab tadbirlar o’tkazildi(foto)

Markaziy harbiy okrug qoʻshinlarida 26-iyun – “Хalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni” ga bagʻishlab bir qator tadbirlar oʻtkazildi.

Xususan, Kattaqoʻrgʻon shahridagi davlat va jamoat vakillari hamda harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari bilan “Biz giyohvandlikka qarshimiz!” shiori ostida yurish marafoni va ertalabki badan tarbiya mashqlari oʻtkazildi.

Shuningdek, Kichik mutaxassislarni tayyorlash markazi hamda Kimyogarlar qoʻrgʻonchasida harbiylar tashabbusi bilan Samarqand shahridagi 115 va 27 sonli MTM tarbiyalanuvchilari bilan rasm chizish va kitob mutolaasi boʻyicha musobaqa tashkil etildi.

Navoiy viloyati Nurobod tumanida Mudofaa ishlar boshqarmasi ofitserlari ishtirokida taniqli sportchilar bilan uchrashuv hamda sport musobaqasi oʻtkazildi.

Jizzax garnizonidagi harbiy qismlarda harbiy xizmatchilar bilan mazkur sanaga bag’ishlab, davra suhbatlari bo’lib o’tdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring