Markaziy harbiy okrug poligonida xorij armiyasi vakillariga konsert namoyish etildi

Kecha, 26-iyun kuni Markaziy harbiy okrugiga qarashli “Forish” togʻ poligonida Buyuk Britaniya va AQSH Qurolli kuchlari vakillariga bayramona konsert dasturi taqdim etildi.

Jizzax garnizoni Maʼnaviyat va maʼrifat markazi harbiy orkestri hamda xushovoz xonandalar ijrosidagi oʻzbekona kuy-qoʻshiqlar barchaga koʻtarinki kayfiyat ulashdi. Ayniqsa, kun davomida jangovar mashqlardan toliqqan chel el armiyasi vakillari hamda oʻzbek harbiylari davrada oʻzgacha raqs ijro etishdi.

Shuningdek, Jizzax shahridagi harbiy qism askarlari Sharof Rashidov muzeyiga tashrif buyurishdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring