Markaziy harbiy okrugidagi iqtidorli harbiylarning 8 nafari Turkiston sanʼat saroyida konsert beradi(foto+video)

Markaziy harbiy okrugida xizmat qilayotgan 8 nafar iqtidorli harbiylar Oʻzbekiston Qurolli Kuchlar ashula va raqs ansambli ijodiy guruhi tomonidan saralash tanlovidan muvaffaqiyatli oʻtdi. Ular iyul oyida Turkiston sanʼat saroyida konsert berishadi.

– Jizzax, Samarqand hamda Navoiy viloyatlardagi harbiy qismlardan jami 33 nafar nomzod orasidan sanʼatga ishtiyoqi baland yoshlar tanlab olindi, – deydi Mudofaa vazirligi masʼul ofitseri podpolkovnik Vasiliy Abdullayev. – Boʻlajak gala konsertda professional qoʻshiqchilar qatorida askar, serjant, ofitserlar katta sahnada qoʻshiq kuylashadi. Shʼer aytishadi. Konsert repertuari har bir okrugdan tanlov olingan nomzodlarning yoʻnalishida kelib chiqib, ishlab chiqiladi.

Eslatib oʻtamiz, Mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosarining koʻrsatmasiga asosan, hozirda barcha okruglarda isteʼdodli yoshlar oʻrtasida saralash ishlari oʻtkazilyapti.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring