Markaziy harbiy okrugidagi Artilleriyachilar oʻquv yigʻini marsh yurish bilan boshlandi(foto)

Oʻquv yili rejasiga asosan bugun Samarqand viloyatining Kattaqoʻrgʻon tumanida joylashgan artilleriyachilar harbiy qismi harbiy xizmatchilari erta tongdan 100 kilometr masofaga marsh yurishdi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati maʼlum qildi.

Amaliy mashqlarda 10 dan ortiq zirhli jangovar texnikalar va 100 ga yaqin artilleriya toʻplari jangovar shay holatga keltirilgan.

Mashgʻulot rahbari podpolkovnik Jamolxon Bilalovning taʼkidlashicha mazkur mashqlar 10 iyulgacha boʻlib oʻtadi. Eʼtiborlisi mashqlar kunduzi va tungi holatlarda oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Izoh qoldiring