Markaziy harbiy okrugida tarbiyasi og‘ir yoshlar “Bo‘lajak askar” aksiyasida ishtirok etdi(foto+video)

21-23 iyun kunlari Markaziy harbiy okrugiga qarashli harbiy qismda Samarqand viloyatida profilaktik hisobda turuvchi, tarbiyasi og‘ir 13 nafar yoshlar bilan “Bo‘lajak askar” aksiyasi o‘tkazildi.

“Yoshlar oyligi” doirasida Markaziy harbiy okrug hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati Kengashi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda yigitlar 3 kun davomida harbiylardek hayot kechirishdi.

Egniga harbiy libos kiygan yoshlar harbiy qismning to‘laqonli a’zosi bo‘lib, kun tartibida belgilangan vaqtlarda harbiy mashg’ulotlarda qatnashdilar.

Yigitlar okrugda yaqinda tashkil etilgan sport vzvodi faoliyati bilan tanishdilar. Sportning boks va dyuzdyo turi bo‘yicha master klass mashg’ulotlarida qatnashishdi. Dinamik trenajyor orqali otish mashqlarini bajarishdi.

Tungi vaqtlarda esa konsert dasturi va vatanparvarlik ruhidagi filmlar tomosha qilishdi. Shuningdek, bo‘lajak askarlar okrugda yaqinda bunyod etilgan Simulyatsiya markazida bo‘lishdi. Yoshlar bu yerda harbiy xizmat va «ko’cha» hayoti hususida bahsga kirishishdi.

Aksiya yakunida insholar tanlovi o‘tkazilib, yaxshi natija ko‘rsatgan va ijobiy tafsiflangan yoshlarga Ichki ishlar organlari bilan kelishilgan holda hisobdan chiqarishga tafsiyalar berildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring