Jizzaxda Kuchishlatar bo‘linmalar o‘rtasida musobaqa o‘tkazildi(foto)

Jizzax shahridagi Olimpiya zahiralari maktab-internati binosida “Yoshlar oyligi” doirasida Qurolli Kuchlar kuch tuzilmalarining 30 yoshgacha bo‘lgan vakillari o‘rtasida musobaqa o‘tkazildi.

Jizzax garnizoni Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi tashabbusi bilan Mudofaa, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, DXX Chegara qo‘shinlari tarkibidan 5 ta jamoa suvda suzish, 400 metrga harbiylashgan estafeta yugurish, savol-javob hamda erkin mavzudagi sahna ko‘rinishi orqali bellashdilar.

Birinchi va ikkinchi shartlar bo‘yicha harbiy jamoalarning ko‘rsatkichlari deyarli farq qilmadi.
Tezkor savol-javob hamda aktyorlik mahorati shartlarida Mudofaa vazirligiga qarashli Jizzax shahridagi podpolkovnik Nurullo Obidov xizmat qilayotgan harbiy qism jamoasi eng yuqori natija ko‘rsatib, mutloq g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Musobaqada ikkinchi o‘rin Milliy gvardiya, uchunchi o‘rin esa Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi jamoasiga nasib etdi.

G‘olib jamoalar qimmatbaho sovg‘a va diplom bilan taqdirlandi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring