Samarqanddagi poligonda jangovar vaziyatdagi jangchi ruhiyati ko‘rsatib berildi

Samarqand viloyatidagi «Sazagan» dala o‘quv maydonida batal’on shaxsiy tarkibi uchun jangovar vaziyatdagi murakkab jarayon aks etgan ko‘rgazmali mashg‘ulot tashkil etildi.

Harbiy qism psixologi hamda batal’on komandirining o‘rinbosari tomonidan sahnalashtirilgan jangovar vaziyat, yarador bo‘lgan harbiy xizmatchining ruhiyatidagi o‘zgarishlar, berilgan vazifani muvafaqqiyatli bajarishga to‘sqinlik qiluvchi omillar, jangchini hayotiga tahdid soluvchi ehtimoliy mafkuraviy va psixologik harakatlarga qarshi kurashish yo‘llari ko‘rgazmali vositalar yordamida ko‘rsatib o‘tildi.

Shuningdek, mashg‘ulot davomida O‘zbekiston Qurolli Kuchlar Ahloqiy-ruhiy ta’minot konsepsiyasining mazmun mohiyati, harbiy harakatlarda ruhiy ta’minlash sohasidagi qarashlar, asosiy tushunchalar, maqsad va vazifalari, yo‘nalishlari, shakl va usullari haqida so‘z bordi.

Tadbir so‘nggida poligonda harbiy xizmatchilar tomonidan madaniy hordiq ishlari tashkil etildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Izoh qoldiring