Samarqanddagi oromgohda bolajonlar uchun ko’rgazmali chiqishlar namoyish etildi

18-iyun kuni Samarqand viloyati Urgut va Samarqand tumanlaridagi “Uchqun” hamda Mudofaa vazirligiga qarashli Ya.Tursunov nomidagi sog’lomlashtirish oromgohlarida harbiylar tomonidan ko’rgazmali chiqishlar namoyish etildi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati ma’lum qildi.

Mazkur dam olish maskani Jizzax, Samarqand, Navoiy viloyatlaridan (112 ta) hamda Surxondaryo, Buxoro va Qashqadaryo shaharlaridan (67 ta) harbiy xizmatni o’tayotgan va xizmat burchini bajarish vaqtida halok bo’lgan harbiylarning jami 179 nafar farzandlari imtiyozli yo‘llanma asosida ta’til kunlarini maroqli o‘tkazishyapti.

Yoshlar 14 kunlik (birinchi bosqich) yozgi dam olish oromgohida 7 guruhga bo‘lingan va  ular bilan kun tartibida belgilangan vaqtlarda ko‘ngilochar tadbirlar, sport musobaqalari va tog’ sayllari o‘tkazilyapti.

Mazkur oromgohga bolajonlar 16 iyun kuni kelib joylashgan edi.

 

Izoh qoldiring