“Namunali harbiylar oilasi” ko‘rik tanlovida okrug sharafini “Eng bilimdon oila” himoya qildi

16-iyun kuni Qarshi shahrida joylashgan viloyat musiqali drama teatrida “Namunali harbiylar oilasi” ko‘rik tanlovining respublika bosqichida katta serjant Isomiddin Sultonovning oilasi “Eng bilimdon oila” deb topildi.

Tanlovda Mudofaa vazirligi tasarrufidagi harbiy okruglar va harbiy qo‘shilmalardan kelgan jami 9 nafar harbiy xizmatchining oilasi turli shartlar bo‘yicha o‘zaro bellashdi.

Ko‘rik-tanlovda quyidagi 5 ta shart bo‘yicha bahslashildi:
• Mustahkam oila – jamiyat tayanchi;
• Ota – oila ustuni;
• Ona – mohir yaratuvchi;
• Farzandim – dilbandim;
• Tezkor savol-javob.

Tanlov natijalariga ko‘ra, Markaziy harbiy okrug sharafini himoya qilgan Jizzax shahridagi harbiy qism yo’riqchisi katta serjant Isomiddin Sultonovning oilasi “Eng bilimdon oila” nominatsiyasi bo’yicha taqdirlandi.

Tadbir tashkilotchilari tomonidan tanlov g’olib va sovrindorlariga diplom va qimmatbaho sovg’alar topshirildi.

Izoh qoldiring