Kattaqo‘rg‘onlik bolajonlar uchun sport musobaqasi o‘tkazildi(foto) 

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahridagi harbiy qism harbiy xizmatchilari tomonidan Ingichka qo‘rg‘onida bolajonlar uchun sport musobaqasi tashkil etildi.

17 umumta’lim maktabi o‘quvchilari o‘zlarini namunali o‘qish va rasm chizish mahoratlarini sinovdan o‘tkazish qatorida sportning shashka-shaxmat hamda stol tennisi kabi turlari bo‘yicha ham kuch sinashdi.

Sport musobaqasida faol ishtirok etgan bolajonlar rag’batlantirildi. Tadbir so‘nggida bolajonlar uchun konsert dasturi taqdim etildi.

Izoh qoldiring