Jizzax shahri markazida jangovar ruhdagi kuy-qo‘shiqlar ijro etildi

Jizzax shahri markazida aholini dam olishini yanada mazmunli o‘tkazish maqsadida harbiylar tomonidan ko‘rgazmali chiqishlar hamda konsert namoyish etildi.

Mazkur ko‘ngilochar tadbirga nogironligi bor oilalar taklif etildi.
Kunning ikkinchi yarmida konsert dasuri G‘allaorol tumanidagi Xotira hiyobonida davom etdi.

Harbiylarning qo‘l jangi chiqishlarini tamoshabinlar o‘zgacha zavq bilan kuzatishdi.
Ayniqsa, Jizzax garnizoni harbiy orkestri tomonidan ijro etilgan jangovar ruhdagi kuy-qo‘shiqlar barchaga xush kayfiyat ulashdi.

Tadbir so‘nggida davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan ishtirokchilarga kitoblar topshirildi.

Izoh qoldiring